Yangi Ginnes rekordi: dunyodagi eng uzun kirpiklar erkak kishida!

58 yoshli Kiyev fuqarosi Valeriy Smagliy, dunyodagi eng uzun kipriklarni o’stirishga muvaffaq bo’ldi va Ginnesning rekordlar kitobidan joy egalladi. Kipriklarning uzunligi 3 santimetrni tashkil etadi. Smagliy bunga qanday erishgani va bunday “sharaf” bilan yashash qiyin emasmi degan savolga javobni quyida sizga havola etamiz.

Ginnesning rekordlar kitobiga ro’yxatga olinganidan so’ng Kiyevlik Valeriy, “ortiqcha kipriklar”dan xalos bo’lish maqsadida go’zallik saloniga yo’l oldi. Aniq bo’lishicha, bunday kipriklar bilan yashash biroz qiyin ekan: Valeriyni atrofdagi odamlarning kuchli e’tibori charchatgan edi.

Erkaklar meni ko’rib “Aqling joyidami” degandek barmoqlari bilan ishora qilardilar. Ayollar esa ketayotgan joylarida to’xtab, meni bunday kipriklarni qanday o’stirganim haqida so’roqqa tutib ketishardi. Do’konlarda, ko’chada, hamma joyda shu ahvol. Xo’rsinib: “Menda ham shunday bo’lsaydi …” deya takrorlashardi.

Lekin, bunday kipriklarning asl siri nimada? Valeriyning aytishicha Valeriyning Ginnes rekordini o’rnatish rejasi bo’lmagan va uning bunday kipriklari bir tasodifdan boshqa narsa emas.

Qizim bir marta internetda, kiprik va qoshlarni o’stiradigan preparat haqida aytib qoldi. Men unga – buyurtma beraver, men o’zimda sinab ko’raman, – deb aytdim, chunki, bu mahsulotni yana bir be’manilik deb hisoblagan edim. Natijani esa o’zingiz ko’rin turibsiz! Ginnes rekordi!

Rekord sohibining qizi Natalyaning so’zlariga ko’ra bu mahsulot Minox deb nomlanuvchi eritma ekan. Natalya bu mahsulotni ayollar jurnalida ko’rgan, va tabiiyki, uning bunday natijasidan hayratda edi: ahir kipriklar deyarli ikki barobar o’sgan edida!

Rekord o’z yo’liga-yu lekin, valeriy bunday kipriklar bilan juda qiynalib qolgan ekan: uxlash va ko’zlarni ochib-yumish qiyin. Bundan tashqari, kipriklar juda o’gir va tushayotgan doimiy og’irlikdan Valeriyning ko’zlari kechalari og’riydigan bo’lib qolgan. Ko’zoynak taqish ham noqulay, chunki, kipriklar ko’zoynakda qoshlargacha ko’tarilib ketadi. Shuning uchun ham, rekord qayd etilganidan so’ng Valeriy, bunday yutuqdan xalos bo’lish uchun to’gri go’zallik saloniga yo’l oldi.

Minox eritmasi savdosi Yevropa va butun jahondagi eng yirik kosmetika bozorlarida amalga oshirilishini bilib oldik. O’zbekistonda preparatni ishlab chiqaruvchi kompaniyaning rasmiy saytidan xarid qilishingiz mumkin.