Sochlar uchun xalq tabobati – Qalampir nastoykasi

Sochlar uchun xalq tabobati - Qalampir nastoykasi

Qalampir nastoykasi xuddi xantalli niqob kabi bosh terisida qon aylanishini tezlashtiradi va shunga koʻra soch toʻkilishi kamayadi va oʻsishi tezlashadi. Mazkur nastoyka ko'plab dorixonalarda sotiladi. Ammo, uni uy sharoitida mustaqil ravishda ham tayyorlash mumkin.
- 3 dona achchiq qalampir ustidan 200 ml. aroq quyiladi;
- 2 hafta qorongʻi joyda qoldiriladi va har 4 kuni banka silkitib turiladi.

Qalampir nastoykasi qanday qoʻllaniladi?

Qalampir nastoykasini surayotganda bir martalik qoʻlqoplardan foydalaning.Birinchi navbatda sezuvchanlikka qarshi test oʻtkazing. Nastoykani tirsakning ichki tomoniga surting va agar hech qanday allergik taʼsir sezilmasagina, nastoykani bosh terisiga surtish tavsiya etiladi.Nastoykani paxtali tampon yordamida boshga surish, pipetga yordamida tomizish yoki purkagichga quyib, bosh terisiga purkash mumkin.Nastoykani bosh terisiga surgandan so'ng boshni isitish, yaʼni avval poliyetilen qalpoq, soʻng pahmoq sochiq oʻrash zarur. Bir soat oʻtkach, sochlar yuvilib yogʻ surtiladi. Bu sochlarni namlash uchun juda muhim.

Qalampir nastoykasidan qancha payt foydalanish mumkin?

Yogʻli sochlar - 3 kunda 1 marta;
Normal sochlar – 5 kunda 1 marta;
Quruq sochlar - bir xaftada 1 marta.

Yanada samarali natijaga erishish uchun nastoykani har bosh yuvishdan avval qoʻllash ham mumkin, biroq undan har kuni foydalanish tavsiya etilmaydi. Biz sizga sochlaringiz doimo sog'lom nur sochib turishini tilaymiz.