Soch to‘kilishi yoshga bog‘liqmi?

So‘ch to‘kilishi oddiy hol hisoblanadi. Har bir soch tolasi ma’lum bir yashash davriga ega bo‘ladi va vaqti yetib kelganda u joyini yangisiga bo‘shatib beradi. Bir kunda 50 tadan 100 gacha soch to‘kilishi mumkin va bu tabiiy holatdir. Agar soch to‘kilishi odatiy to‘kilishdan oshiqroq bo‘lsa, siz qalin va shahlo sochlaringizdan ayrilib qolishingiz mumkinmi? Buni oddiy sinov yordamida aniqlash mumkin: To‘kilayotgan sochingizga qarang. Agar uning oxiri yaltiroq ildiz bilan tugasa, siz bekorga xavotir olayotgan bo‘lasiz, ya’ni, bu umri tugagan sochning tabiiy to‘kilishidir.

Boshingizni 2-3 kun davomida yuvmaslikka harakat qiling. Shu muddat yakunida boshingizni ushlang va sochingizni tortib ko‘ring. Shunda to‘kilgan soch tolalarini bir qog‘ozga qo‘ying. Boshning turli sohalarida shu amaliyotni bir necha marta takrorlang. Qog‘ozdagi sochlarni sanang. Agar sizda 15 tadan kamroq soch to‘kilgan bo‘lsa, demak, soch to‘kilishi darajasi normal holatda. Agar 15 tadan ko‘proq bo‘lsa, unda bunday to‘kilish juda ko‘p sanaladi. Shunday vaziyatda e’tiborliroq bo‘lishingiz kerak.

Sochlar tanamizning eng kuchli va qayishqoq qismlaridan biridir. Shunday bo‘lsa-da, barcha soch turlari ham bir xil emas. Afsuski, sochga oro berish va uni har xil turmaklar bilan bezatish bosh terisiga zarar yetkazishi soch ildiziga keraksiz bosim tushishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida, soch sinishi va to‘kilishiga olib keladi.

Barchamiz ushbu holatlardan xabarimiz bor: ba’zilar ertalab uyg‘onib boshida kal joylarni aniqlab shok holatiga tushishi, ayollar boshlarini yuvganda to‘kilgan sochlarni ko‘rib vahimaga tushishi, erkaklarning erta kallikni oldini olish uchun maxsus krem va shampunlar qidirib yurishi. Soch kamayishi holati faqatgina obro‘-e’tiborga putur yetkazuvchi faktor hisoblanmaydi.

Balki, soch to‘kilishi va kallik kishilarga ruhiy, hissiy va aqliy zarba ham bo‘lishi mumkin. Bu o‘z navbatida havfsirash, ishonchni yo‘qotish, sharmandalik kabi hissiyotlarni vujudga keltiradi va odamlar men haqimda nima deb o‘ylaydi degan qo‘rquv natijasida o‘z-o‘zini izolyatsiya qilishga olib kelishi mumkin.

Alopetsiya (kallik) asosan erkaklarda kuzatilsa, ayollarda tez-tez soch to‘kilishi bilan bog‘liq muammolar uchraydi. Oddiy sochlarning to‘kilishidan alopetsiyaning muhim farqi shundaki, soch to‘kilishida soch follikulining patologiyasi kuzatilmaydi. Alopetsiya davri bir nechta bosqichlarga bo‘linadi.

Alopetsiya Areata. Bu jarayon esa kesma soch to‘kilishi deb ataladi. Shakliy kallikga nisbatan kesma kallik boshning turli joylarida paydo bo‘ladi. Kallik joylari ko‘pincha aylana shaklda, turli kattalikda bo‘ladi. U avvaliga bir-ikki nuqtalarda boshlanib, keyinchalik butun boshga tarqaladi. Bunga sabab esa avtoimmunologik kasallikda bo‘lib, unda immun tizim sochlarni “dushman” sifatida ko‘radi va ularga hujum qilishi natijasida sochlar to‘kilib tushadi.

Alopetsiya Totalis. Bu alopetsiyaning jiddiy ko‘rinishi bo‘lib, xuddi avvalgisi singari immunitetdagi muammolar sababli vujudga keladi. Uning oxirida boshda umuman soch qolmaydi.

Chandiq Alopetsiya. Bu turdagi soch to‘kilishi bosh terisidagi muammolar tufayli yuzaga kelib, follikullarga zarar yetish boshlanadi. Bosh terisida infeksiya bo‘lganda, follikul o‘sishi qiyinlashadi. Bunday kasallikga ega shaxslar boshida qizil yoki kal chandiqlarga ega bo‘ladi.

Tortishuvchi Alopetsiya. Boshqa alopetsiya turlaridan farqli ravishda (gen bilan bog‘liq va tabiiy faktorlar tufayli), bu turda jarayon o‘z o‘zidan kelib chiqadi va ko‘proq ayollarda uchraydi. Uning asosiy sababi sochlarni doimiy va keskin tortish hisoblanadi va natijada follikulga jiddiy bosim tushadi. Turli soch turmaklarini qo‘llash, sochni isitish vositalaridan foydalanish ham soch ildizini bosh terisiga ulangan qismidan uzilib tushishiga olib keladi va bu o‘sha hududlarda kallikni vujudga keltiradi.

Minox 5 – kuchli ta’sir etuvchi losyon-sprey, erkaklarda soch to‘kilishi natijasida yo‘qolgan sochlarning to‘kilishiga qarshi kurash uchun mo‘ljallangan. Erkaklar uchun Minox boshning orqa qismida (tepasida) soch to‘kilganda, ayollar uchun – o‘rtadagi soch orasi sohasida soch to‘kilganda eng samarali bo‘ladi.

Shuningdek, bemorning yoshiga (40 yoshgacha) va uning kasalligi uzoqligiga bog‘liq bo‘lishi ham kuzatiladi: kasallikning davomiyligi 3-5 yil bo‘lganda eng yaxshi ta’sir etadi; kasallikning davomiyligi 10 yoshgacha bo‘lgan bemorlarning ko‘p qismida, hamda bosh tepasi sohasida, 10 sm dan oshmagan o‘lchamdagi soch to‘kilgan joyi bo‘lib, soch to‘kilgan joyining markazida 100 tukli va terminal sochlar bo‘lganda ijobiy ta’sir kuzatilgan. 10-12 yil davomidagi alopetsiyadan keyin shikastlangan uchastkalarda sochlarni o‘stirishi mumkin bo‘lgan yashovchan follikulalar deyarli qolmaydi, shuning uchun minoksidinning samarasi pasayadi.

Qo‘llashning boshlanishida soch to‘kilishi kuchayishi mumkin — minoksidin ta’sirining birinchi belgilari. Bu vaqtincha holat davolash boshlanganidan keyin 2-6 hafta o‘tganda kuzatiladi va asta-sekin, 2 hafta davomida, to‘xtaydi. Minoksidin follikuldagi metabolizmni tezlashtiradi: telogen bosqichi kamaydi, soch o‘sishi bosqichi yaqinlashadi va uzayadi (bu vaqtincha holat).

Yuqoridagi soch to‘kilishi sabablarini bartaraf etishda MinoX 2 vositasidan foydalanish tavsiya etiladi. Uayollarda kuchli soch to‘kilishini davolash uchun ishlab chiqilgan losyon-sprey. Yangi soch o‘sishini rag‘batlantiradi. Yumshoq ta’sir etuvchi losyon-sprey, ayollarda kuchli soch to‘kilishiga qarshi kurash uchun mo‘ljallangan.

Tarkibidagi 2%li ta’sir etuvchi modda-minoksidin — ayollarda soch to‘kilishiga to‘sqinlik qiladi, va umumiy nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqarmay, yangi soch o‘sishini kuchaytiradi. Soch to‘kilishini davolash uchun vosita. Soch to‘kilishini to‘xtatadi, androgenetik alopetsiya (erkaklar turidagi soch to‘kilishi) bo‘lgan erkaklar va ayollarda, diffuzli telogen alopetsiyasi bo‘lgan va tug‘ruqdan keyingi sochlar to‘kilishi bo‘lgan ayollarda sochlar o‘sishini rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Mavsumiy soch to‘kilishida samarali ta’sir etadi.

Обсуждение продукта

Be the First to Comment!

avatar