Soch qanchalik tez o’sadi?

Agar siz uzun sochga ega bo’lishni xohlasangiz albatta sizning hayolingizdan shu savol o’tadi. Bazilar uchun bu jarayon sekin tuyulsa, boshqalar o’z sochlarini umuman o’smayotgandek his etishadi. Aslida esa siz yashar ekansiz, sizning sochingiz har doim o’sishdadir. Shunday bo’lsada, insonda soch mahsus o’sish darajasiga egadir.

O’shish darajalari

Kasalliklarni Nazorat qilish bo’yicha AQSh Markazining izlanishlariga ko’ra boshdagi sochlar har oyda 1.25 santimetrga yoki haftasiga 30 smga o’sar ekan. Bu degani o’rtacha odamlarda soch o’sishi yiliga 15 smni tashkil etadi. Albatta, parxez qilish, ruhiy tushkunlik va boshqa ba’zi kasalliklar sochinigiz o’sishini sekinlashtiradi. Ammo, odatda sizning sochingiz har doim o’sishda davom etadi. Eng avvalo, inson genlari tabiiy o’sish darajalarini belgilaydi, ya’ni, bu jarayon har bir kishida o’zgacha kechadi va ba’zi holatlarda bir oilaning ikki vakili bir xil soch o’sish darajasiga ega bo’lmaydi.

Sochlar o’shishi sikllari

Sochlar o’sishi turli bosqichlarda, sikllarda amalga oshadi. Ularning birinchisi Anagen davri bo’lib, ushbu bosqichda sizning sochlaringiz faol tarzda o’sadi. Uning davom etish davri 2 yildan 8 yilgacha bo’lib, sochlarning 90 % o’sishi aynan shu davrda ro’y beradi. Albatta, sizning barcha sochlaringiz bir xil o’smaydi va Anagen davrida bo’lmaydi. Yosh, gen va turli boshqa sabablar sochlar o’sishiga ta’sir o’tkazadi.

Sochlar o’sishining eng yuqori bosqichini uzoq davom etishi omillari

Agar siz sochingizni sizning genetikangiz belgilagandan ham ko’proq o’sishini xohlasangiz, albatta anagen bosqichi foydalaning. Ilm-fan aniqlagan 3ta yo’l orqali siz Anagen davrini uzaytirishingiz mumkin va ishonib bo’lmas soch o’sishiga erishishingiz mumkin.

Sochlar o’sishining 2-bosqichi Katagen davri bo’lib, ikki hafta davom etadigan o’tish bosqichidir va undasochlar ildizi yangilanadi. Ushbu davrda, soch o’z qon taminotini yo’qotmaydi va umuman o’smaydi. Aksincha, soch ilidizi o’zining dastlabki hajmidan 16 %ga qisqaradi.

Oxirgi davr Telogen davri bo’lib, 1 oydan 4 oygacha sochning dam olish vaqti bo’ladi. Yuqorida ko’rsatilgan vaqtning istalgan qismida sochingizning 10% dam oladi. Telogen davri tugallangach, yangi o’sayotgan soch telogen davridagi sochlarni ildizdan chetga surib chiqaradi va ma’lum ildizlarda Anagen davri qaytadan boshlanadi.

Sochni asrash uning o’sish darajasidan muhimroqdir.

Agar siz sochigizni asramasangiz sochingiz qanchalik tez o’sishidan qat’iy nazar yetarlicha uzunlikka ega bo’lmaydi. Ho’sh, asrash deganda aynan nima tushuniladi? Asrash, oddiy qilib aytganda, sochingizni parvarsishlab, uni imkon qadar sog’lom saqlashingiz kerak degani. Faraz qiling, oyiga sochingiz 1 smdan ortiq o’ssa va siz uni 0,5 smga qisqartirsangiz yoki siz sochingizni yiliga 2,5 smga qisqartirsangiz, bir yil ichida atigi 7,5 sm sochingizni saqlab qolishingiz mumkin. Shunday bo’lsada, agar sochingiz oyiga 1 sm o’ssa va siz uni sog’lom ruhda parvarish qilsangiz, bir yil davomida 10 smdan ortiq sochingizni asrashingiz mukin bo’ladi.

Sochning ostki qismi eng muhim parvarishlash kerak bo’lgan qismi hisoblanadi. Chunki, sochning ostki qismi eng eski qismi bo’lib, ko’pincha turli zararlarga moyil bo’ladi. Sochingizga zarar keltirishi mumkin bo’lgan turli xil omillar mavjud bo’lib, ular har kungi kiyinishdan tortib sochni tekislaydigan uskunalardan foydalanishgadir. Eng asosiysi, siz sochlaringiz ostki qismini muntazam parvarishlash orqali ularning o’sishini va jozibasini saqlab qolishingiz mumkin.

Обсуждение продукта

Be the First to Comment!

avatar