Minox 5 – erkaklar uchun losyon

MINOX 5 kuchli ta’sir etuvchi los’on-sprey, erkaklarda soch to’kilishi natijasida yo’qolgan sochlarning to’kilishiga qarshi kurash uchun mo’ljallangan. Tarkibi: 5% ta’sir etuvchi modda minoksidin samarali natijasini ta’minlaydi. Yangi sochlar o’sishining birinchi belgilari losyonni 2-3 oy davomida sutkasiga ikki marta qo’llanishidan keyin kuzatiladi.


Narhi: 170 000 so'm / dona

Tashqi qo’llash uchun, sprey shaklidagi losyon, och yashil rangli shaffof suyuqlik.

Soch to’kilishini davolash uchun vosita. Soch to’kilishini to’xtatadi, androgenetik allopetsiya bo’lgan erkaklar va ayollarda, diffuzli telogen allopetsiyasi bo’lgan va tug’ruqdan keyingi sochlar to’kilishi bo’lgan ayollarda sochlar o’sishini rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Mavsumiy soch to’kilishida samarali ta’sir etadi.

Erkaklar uchun Minox boshning orqa qismida (tepasida) soch to’kilganda, ayollar uchun – o’rtadagi soch orasi sohasida soch to’kilganda eng samarali bo’ladi. Shuningdek bemorning yoshiga (40 yoshgacha) va uning kasalligi uzoqligiga bog’liq bo’lishi ham kuzatiladi: kasallikning davomiyligi 3-5 yil bo’lganda eng yaxshi ta’sir etadi; kasallikning davomiyligi 10 yoshgacha bo’lgan bemorlarning ko’p qismida, hamda bosh tepasi sohasida, 10 sm dan oshmagan o’lchamdagi soch to’kilgan joyi bo’lib, soch to’kilgan joyining markazida 100 tukli va terminal sochlar bo’lganda ijobiy ta’sir kuzatilgan. 10-12 yil davomidagi alopetsiyadan keyin shikastlangan uchastkalarda sochlarni o’stirishi mumkin bo’lgan yashovchan follikulalar deyarli qolmaydi, shuning uchun minoksidinning samarasi pasayadi.

Dori vositalari, nurlanish, ovqatlanishning yetishmovchiligi (temir, A vitamini va boshqalar yetishmovchiligi), qattiq tortilgan soch («ot dumi», «o’ram» va boshqalar) tufayli yuzaga keladigan soch yo’qolishining oldini olmaydi.

Yangi sochlar o’sishining birinchi belgilari losyonni 2-3 oy davomida sutkasiga 2 marta qo’llanishidan keyin kuzatiladi. Ta’sirining kuchli ifodalanishi va boshlanishi har xil bemorlarda turlicha bo’lishi mumkin. Minoksidinning maksimal ta’sir etishi 12-14 oydan keyin namoyon bo’ladi. Minoksidin qabul qilish to’xtatilganidan keyin yangi sochlarning o’sishi to’xtaydi.

Androgenetik va diffuzli alopetsiyaga uchragan bemorlarda sochlar o’sishining rag’batlantiruvchi sifatida minoksidinning aniq ta’sir etish mexanizmi ma’lum emas. Minoksidin moddasi (pirrolidinil diaminopirimidin oksid) kaliy kanallarini faollashtiruvchi guruhiga mansub. Kaliy kanallarini faollashtiruvchilar – sochlar yo’qolishining oldini olishi va hatto yo’qolgan sochlarni qaytarishi mumkin bo’lgan nogormonal vositalarning yagona guruhidir. Muntazam qo’llashda minoksidin vazodilatatsiyalovchi ta’sir ko’rsatadi. Nazorat qilingan klinik tadqiqotlarda minoksidinning tashqi qo’llanishidan keyin normal bosimda ham, yuqori arterial qon bosimli bemorlarda ham minoksidinning so’rilishi bilan bog’liq bo’lgan umumiy nojo’ya ta’sirlari qayd etilmagan.

Qo'llash uchun ko'rsatmalar:
• Erkaklarda va ayollar androgenetik alopetsiya tufayli yuqori intensivlikdagi soch to’kilishi;
• Gormonal buzilishlar natijasida, masalan, qalqonsimon bez kasalliklari oqibatida, tug’ruqdan keyin, homiladorlikka qarshi gormonal vositalarni bekor qilishdan keyin yoki noto’g’ri vositalarni qabul qilish natijasida yuqori intensivlikdagi soch to’kilishi;
• Asabiy stresslar; antibiotiklar, neyroleptiklar, antidepressantlar va bir qator boshqa dorilarni uzoq qabul qilish; jarrohlik operatsiyalari, o’tkir yuqumli va og’ir surunkali kasalliklar; organizm uchun hayotiy muhim elementlar yetishmagan parhezlar oqibatida yuqori intensivlikdagi soch to’kilishi.
• Yangi soch o’sishini rag’batlantirish uchun.

Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar:
• 18 yoshgacha shaxslarda qo’llanishi.
• Losyon-spreyi terining achishayotgan joylariga (qizarish, yallig’lanish, yuqumli kasallik, bosh terisining og’riqli bo’lishi (jumladan quyoshdan kuyishda)) surtish tavsiya etilmaydi.
• Minoksidinga yuqori sezgirlik holatida ehtiyotlik bilan qo’llanadi.
• Ushbu vosita faqat soch qoplamini tiklash zarur bo’lgan joylarga surtiladi. Uning tananing boshqa joylariga, shilliq pardalariga, ko’zga tegishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Kerakmas joyga tekkan holatida ko’p miqdordagi suv bilan yuvish lozim.
• Purkash paytida spreydan nafas olishga yo’l qo’ymang.

Faqat tashqi qo’llash uchun. Qo’llashdan avval chayqatilsin. Losyon-spreyni muammoli zonalarga kuniga 2 marta bosh terisining quruq, toza joylariga purkash uchligi yordamida (6-7 marta bosish), bosh terisiga maksimal yaqin masofadan (0,5-1 sm), eritmaning sochlarga tegishiga yo’l qo’ymagan holda surtish kerak. O’rtacha sutkalik dozasi 2 ml ni tashkil etadi. Yuvishni talab etmaydi. «MinoX 5» los’on-sprey 4-8 hafta qo’llanganidan keyin 90% hollarda soch to’kilishi boshlanadi. Ko’z bilan bemalol ko’rinadigan birinchi natijaga (yangi sochlar o’sishi) 3-4 oydan keyin erishiladi, minoksidinning maksimal ta’siri 12-14 oydan keyin namoyon bo’ladi.

Kerakli ta’sirga erishilganidan keyin surtishlarning sonini kuniga 1 martagacha qisqartirish mumkin.
Dermatologik reaktsiyalar: ortiqcha dozasi holatida - gipertrixoz (tanadagi sochlarning keraksiz o’sishi, jumladan ayollarning yuzida soch o’sishi). Faol moddasining dozasi kamaytirilganda yoki preparat bekor qilinganda ortiqcha sochlar asta-sekin yo’qoladi. Ayrim hollarda bosh terisining sochli qismida qizarish, qichishish paydo bo’lishi, sho’ralashi mumkin.

Qo’llashning boshlanishida soch to’kilishi kuchayishi mumkin - minoksidin ta’sirining birinchi belgilari. Bu vaqtincha holat davolash boshlanganidan keyin 2-6 hafta o’tganda kuzatiladi va asta-sekin, 2 hafta davomida, to’xtaydi. Minoksidin follikuldagi metabolizmni tezlashtiradi: telogen bosqichi kamaydi, soch o’sishi bosqichi yaqinlashadi va uzayadi (bu vaqtincha holat).

Обсуждение продукта

1 Comment on "Minox 5 – erkaklar uchun losyon"

avatar
Sort by:   newest | oldest | most voted
Qodirjon
Guest

Сообщение: Salom,men avgus oyidan boshlab minox qollamoqdaman,bundan oldin sochim anchagina tokiligan edi,boshqa dorilarni qolladim lekin umuman effekt bermadi,Minox menga juda yordam berdi,endigina 3 oy ishlatdim xozir anchagina o’sgan,natijani yanada oshirish uchun davom ettiryabman,bazilar ishonchsiz deb o’ylashlari mumkin lekin men o’zimda sinadim va boshqalarga xam qollashni maslaxat beraman,Minoxni yetkazuvchilariga raxmat???