Minox 10 – o’ta kuchli ta’sir etuvchi losyon-sprey

«MinoX 10» – o’ta kuchli ta’sir etuvchi losyon-sprey,  soch to’kilishini bartaraf etish uchun mo’ljallangan, va anchadan beri mavjud bo’lgan soch to’kilgan joylarga qarshi kurashadi


Narhi: 220 000 so'm / dona

Tarkibi: 10% ta’sir etuvchi modda minoksidil soch o’sishini  tezlashtiradi,soch piyozlariga qon oqib kelishi kuchayadi, bu esa soch follikulalarini jonlantiradi, soch ildizini mustahkamlaydi, ularning o’sishini kuchaytiradi va tezlashtiradi.

"Minox 10" butun shikastlanish zonasi bo’ylab soch to’kilishida samarali bo’ladi. "Minox 10" losyonidan peshana (peshana-bosh tepasi) zonasida "Minox 5" losyoni bilan birga (bosh tepasi va bosh orqasi zonalarida) foydalanish tavsiya etiladi. Sochlarni tiklashni "Minox 10" dan foydalanishdan boshlash tavsiya etilmaydi. 

Bemorning yoshiga (40 yoshgacha) va uning kasalligi davomiyligiga bog’liq bo’lishi kuzatiladi: kasallikning 3-5 yil davomiyligi bo’lganda eng yaxshi ta’sir etadi, kasallikning 10 yoshgacha davomiyligi bo’lgan; bosh tepasi sohasida joylashgan, o’lchami 10 sm dan oshmagan soch to’kilishi joyi bo’lganda, va soch to’kilgan joy markazida 100 tadan ortiq tukli va terminal sochlari bo’lgan bemorlarning ko’p qismida ijobiy ta’siri qayd etilgan. Allopetsiyaga uchraganidan keyin 10-12 yil o’tganidan so’ng shikastlangan joylarda yashovchan follikulalar deyarli qolmaydi, shuning uchun losyonning samarasi ancha kamayadi. 

Dori vositalari, nurlanish, ovqatlanishning yetishmovchiligi (temir, A vitamini va boshqalar yetishmovchiligi), qattiq tortilgan soch («ot dumi», «o’ram» va boshqalar) tufayli yuzaga keladigan soch yo’qolishining oldini olmaydi. Sochlar o’sishi belgilarining paydo bo’lishi preparat sutkasiga 2 marta qo’llashdan keyin 3 oy va undan ortiq vaqt o’tganda qayd etiladi. Turli bemorlarda ta’sirining boshlanishi va kuchli ifodalanishi har xil bo’lishi mumkin. 
Preparat bekor qilinganidan keyin yangi soch o’sishi to’xtaydi, va soch to’kilishini davolash to’xtatilganidan keyin 3-4 oy davomida soch to’kilishi davom etishini kutish mumkin. Muntazam qo’llashda minoksidil va minoksidin vazodilatatsiyalovchi ta’sir ko’rsatadi. 

Minoksidil tomir devori hujayralarining kaliy kanallarini faollashtiradi (ochadi), follikullarga majmuiy ta’sir etishni ta’minlaydi: 
• tomir kengaytiruvchi ta’siri hisobiga soch follikulining tabiiy oziqlanishini yaxshilaydi; 
• digidrotestosteron (DGT) ta’sirini neytrallashtiradi; 
• follikullarning digidrotestosteronga (DGT) sezgirligini kamaytiradi; 
• sochning hayot tsikli bosqichlarining almashuviga bevosita ta’sir etadi (ko’pchilik follikullar degradatsiya va turg’unlik bosqichidan o’sish bosqichiga o’tadi). 

Azelainovaya kislota (geptan-1,7-dikarbon kislotasi, azelaic acid) - akne (husnbuzar toshmalari) davolash vositalaridagi ommaviy tarkibiy moddadir. Azelain kislotasi 5-alfa-reduktazani ingibirlaydi, antibakterial ta’sirga ega, antioksidant faollikka ega bo’ladi, terining ustki qatlami muguzlanishiga to’sqinlik qiladi. 

Qichitqi o’t ekstrakti.
 Qichitqi o’t ildizidan olingan ekstrakt kuchli antiandrogen faolligiga ega bo’lib, DGT hosil bo’lishini bloklaydi, ikkita asosiy fermentni — 5-alfa-reduktaza va aromatazani ingibirlaydi, ularning soch piyoziga salbiy ta’sirini neytrallashtiradi; metabolizm jarayonlariga ta’sir etib, prostata bezining hujayralari proliferatsiyasini kamaytiradi, prostata bezi kattalashuvining kuchayishini tormozlaydi; bezdagi yallig’lanish jarayonlarining oldini oladi. 

"Minox 10" losyonining tarkibida qichitqi o’tning ekstrakti o’stirilgan sochlarning qalinligi va pigmentatsiyasi ortishiga ko’maklashishi lozim. C, K, B2 vitaminlari, karotin, pantoten kislotasi, xlorofill, kaliy, kaltsiy, oltingugurt, temir tuzlari, shakarlar, oqsillarning miqdori soch ildizlarini kerakli vitaminlar va minerallar bilan oziqlanishini ta’minlaydi. 

Qo’llash uchun ko’rsatmalar: 
• Erkaklarda androgenetik alopetsiya tufayli yuqori intensivlikdagi soch to’kilishi;
• Gormonal buzilishlar natijasida, masalan, qalqonsimon bez kasalliklari oqibatida, tug’ruqdan keyin, homiladorlikka qarshi gormonal vositalarni bekor qilishdan keyin yoki noto’g’ri vositalarni qabul qilish natijasida yuqori intensivlikdagi soch to’kilishi (diffuzli soch to’kilishi; 
• Asabiy stresslar; antibiotiklar, neyroleptiklar, antidepressantlar va bir qator boshqa dorilarni uzoq qabul qilish; jarrohlik operatsiyalari, o’tkir yuqumli va og’ir surunkali kasalliklar; organizm uchun hayotiy muhim elementlar yetishmagan parhezlar oqibatida yuqori intensivlikdagi soch to’kilishi (diffuzli soch to’kilishi);
• Yangi soch o’sishini rag’batlantirish uchun.

Qo’llash usuli va dozalari 
Faqat tashqi qo’llash uchun. Qo’llashdan avval chayqatilsin. Losyon-spreyni muammoli zonalarga kuniga 2 marta bosh terisining quruq, toza joylariga purkash uchligi yordamida (6-7 marta bosish), bosh terisiga maksimal yaqin masofadan (0,5-1 sm), eritmaning sochlarga tegshishiga yo’l qo’ymagan holda surtish kerak. Eritma teriga 50 daqiqaga yaqin singdiriladi. Yuvishni talab etmaydi. 

Ko’z bilan bemalol ko’rinadigan birinchi natijaga (yangi sochlar o’sishi) 3-4 oydan keyin erishiladi, minoksidinning maksimal ta’siri 12-14 oydan keyin namoyon bo’ladi. Kerakli ta’siriga erishilganidan keyin surtishlarning sonini kuniga 1 martagacha qisqartirish mumkin.

Обсуждение продукта

Be the First to Comment!

avatar