Ko'p beriladigan savollar

- Nima uchun bugungi kunda soch to'kilishi yosharib ketmoqda, umuman, yoshlarda soch to'kilishining sabablari nimada?

- Olimlarning ta`kidlashicha, soch to'kilishi inson organizmida digidrotestesteron garmoni miqdorining ko'payib ketishi bilan bog'liq. Bu garmon organizmda testesteron miqdorining ortishini keltirib chiqaradi va ayni garmon bevosita soch ildizi yadrosini zararlantiradi. Natijada esa soch ildizi shikastlanadi va nobud bo'ladi.

- Minox mahsulotlari qanday turdagi soch muammolari uchun mo'ljallangan?

- Minox savdo markasi ostida taklif etilayotgan mahsulotlar erkaklar va ayollarda soch to'kilishining oldini olish, sochlarni mustahkamlash, oziqlantirish va soch qoplami qalinligini oshirishga mo'ljallangan. Shu bilan birga, Minox savdo markasi ostida soqol va kipriklarni qalinlashtirish va o'stirish uchun ham alohida vositalar taklif etiladi.

- Minox vositasi soch to'kilishiga qanday ta`sir ko'rsatadi?

- Vositaning ta`siri gormonal bo'lmagan, soch to'kilishiga qarshi isbotlangan ta`sirga ega komponent - minoksidinga asoslangan. Minox soch ildizini yumshatib, undagi mikrokapilyar tomirlarini kengaytiradi. Buning natijasida soch ildizi tiklanadi va asta-sekinlik bilan o'sishni boshlaydi.

- Minox losyonini to'g'ri qo'llash bo'yicha ko'rsatmalar bersangiz.

- Losyon faqat tashqi foydalanish uchun mo'ljallangan. Foydalanishdan avval losyonni chayqatib yuborish kerak. Losyon-spreyini kuniga 2 marta quruq, toza bosh terisiga sepiladi. Losyonni iloji boricha bosh terisiga yaqin holda (0.5-1 sm) ushlab, aralashmaning sochlarga tegib ketishidan saqlangan holda purkagich yordamida (6-7 marta bosing) sepiladi. Bir sutkada o'rtacha foydalanish miqdori 2 ml.ni tashkil etishi kerak. Foydalangandan so'ng bosh terisini yuvish shart emas.

- Minox vositasini qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar ham bormi?

- Mahsulot homiladorlik va laktatsiya davrida va bundan tashqari 18 yoshdan kichik shaxslarga ham foydalanishga tavsiya etilmaydi. Losyon-spreyni zararlangan teri qismlariga (qizargan, yallig'langan, zararlangan qismlari), bosh terisi kasalliklari (jumladan, oftobda qorayish kabi) holatlarda ham qo'llash tavsiya etilmaydi.

- Minox preparatining ta`siri qancha vaqt ichida ko'rinadi?

- Birinchi navbatda, bu har bir inson sochining individual o'sish tabiati va maxsus xususiyatlariga bog'liq. Shu bilan birga, soch to'kilishining sababini aniqlash ham muhim: bu irsiyatga bog'liq omilmi yoki shunchaki avitaminoz ta`sirimi? Shundan keyingina Minox losyon-spreyidan foydalangan holda davolanish kursi aniqlashtirib olinadi.

4-8 hafta Minox vositasidan foylangach, 90 foiz holatlarda soch to'kilishi to'xtaydi;

Minox vositadan 3-4 hafta foydalangach, birinchi ko'zga ko'rinarli holat, ya`ni yangi sochlarning paydo bo'lishiga guvoh bo'lish mumkin;

minoksidinning maksimal ta`sirini 12-14 haftada ko'rish mumkin.