Alopesiya: Faktlar

Soch to'kilishi qarish bilan bog'liq bo'lgan tabiiy jarayon bo'lishiga qaramay, ayni davrda ko'plab erkaklarda sochlarning juda erta to'kilishni boshlayotgani ko'plab uchraydigan holatlardan hisoblanmoqda. Dunyoga mashhur “Medical News Today” jurnali ma`lumotlariga ko'ra, dunyo bo'ylab 50 foiz erkaklar biron bir turdagi soch to'kilishi vajidan aziyat chekmoqda. Quyidagi infografikada soch to'kilishi haqida faktlar hamda unga qarsh kurashishning eng oson yo'li bilan tanishib chiqishingiz mumkin: